← Silent Book · Barcha kitoblar
Mixail Lermontov
Silent Book'da o'qish EPUB yuklab olish (0,1 MB)
Yomg'ir, gulxan yoki dengiz ovozi ostida o'qing →
Birinchi bo‘lim
I
Quvg‘indi ruh, qayg‘uli Demon
Gunohkor yer uzra uchardi.
Mas’ud kunlar xayoli shu on
Ko‘z oldidan bir-bir o‘tardi:
Malak edi toza va ma’sum,
Xandon edi arshi-a’loda.
Hatto yulduz moviy samoda
Aylar edi unga tabassum.
Tashna boqar edi har zamon
Olov sayyoralar diyori,
Quyuq tumanlarning qo‘ynidan
Asta kechgan karvonlar sari.
U zamonlar, dargohi ulug‘
Xudovandni sevar, inonar
Edi. Na kin, na shubhasi bor
Bu baxtiyor va to‘ng‘nch maxluq!
Bekor, beburd kechgan asrlar
Vasvasaga solmagan, imon
Toza edi… Tag‘in nimalar…
Eslagani yo‘q edi imkon!
Matn Vikimanbadan (Wikisource), uning ishtirokchilari tomonidan, CC BY-SA 4.0 litsenziyasi bilan. EPUB'ni Silent Book shu sahifalardan tayyorladi. Manba sahifasi · Litsenziya