← Silent Book · Barcha kitoblar

Vayronalar orasidan

Abdulhamid Choʻlpon

Silent Book'da o'qish EPUB yuklab olish (0,1 MB)

Yomg'ir, gulxan yoki dengiz ovozi ostida o'qing →

Asar boshidan

(Andijon – O‘sh – Jalolobod)

Ertalab azon vaqtida jo‘namoqchi bo‘lub yotqan edim.

Eng qizg‘in uyquda vaqtimda uyg‘otdilar, «Tur, aravakashlar kelib qarab turubdurlar», – dedilar.

Uyqusiramadim, irg‘ib o‘rnimdan turdim. Naridan-beri, cha­la-chulpa bet-ko‘zni yuvub, apil-tapil kiyimlarimni kiydim-da, tashqarig‘a chiqdim.

Qorong‘i, xiyla qorong‘i edi. Qoqilib-tiqilib pillapoya­dan tushdim. Orqamdan chirog‘ ko‘tarib onam keldi, ko‘chaga chiq­diQ.

To‘rt arava – o‘zimizning devsifat aravalar ko‘chaning o‘rtasiga to‘qtag‘anlar edi. Shu og‘ir, shu bo‘shang, shu lavashoq aravalar bilan olti tosh (48 chaqirim) yo‘l bosmoq! O‘h-ho‘!

Bepul o'zbek kitoblari

Barcha kitoblar

Matn Vikimanbadan (Wikisource), uning ishtirokchilari tomonidan, CC BY-SA 4.0 litsenziyasi bilan. EPUB'ni Silent Book shu sahifalardan tayyorladi. Manba sahifasi · Litsenziya